Global Campusdan 2021 yil uchun Foundationga qabul ochiq!

Britaniya universitetining talabasi bo‘lishni istaysiz, ammo bu istagingizni qanday qilib amalga oshirishni bilmaysizmi?

Aslida hammasi juda oddiy!

Global Campusning Level 3 Foundation (ATHE Level 3 Diploma in Business and Management) dasturiga 2021 yilning qish faslida qo‘shiling va shu yilning kuzidayoq Britaniya oliygohining talabasiga aylaning!

Global Campusning Level 3 University Foundation Programme dasturi Sizga mos keladi, qachonki:

2021 yilda Britaniya Universitetining talabasiga aylanishni juda ham xohlayotgan bo‘lsangiz

5.5 minimal ballik IELTS sizda allaqachon bor bo‘lsa yoki yaqin orada olsangiz

Britaniya oliygohi darajasini olishda vaqt va pulingizni tejamoqchi bo‘lsangiz

Foundation dasturiga ariza topshiring va Global Campus bilan birga Buyuk Britaniya oliygohlariga o‘qishga kafolatli kiring

Level 3 University Foundation Programme

Global Campus tomonidan beriladigan ATHE Level 3 Diploma in Business and Management – bu 120 ta kredit olishga mo‘ljallangan biznes sohasidagi Foundation dasturiga teng dastur bo‘lib, Angliya oliygohlarining bakalavr dasturlariga o‘qishga kirish uchun zarur bo‘lgan barcha bilim va ko‘nikmalarni egallashga yordam beradi.

ATHE Level 3 Diploma in Business and Management 6 ta o‘quv moduli va 6 ta yozma tekshiruv sinovlaridan iborat.

Dastur tugagandan so‘ng, talabalar Global Campus va ATHE Level 3 Diploma in Business and Managementdan Ofqual standartlariga to‘la mos keladigan sertifikatni oladilar.

Shundan so‘ng talabalar Buyuk Britaniya oliy o‘quv yurtlarining bakalavr yo‘nalishiga hujjat topshirish va darhol birinchi bosqichga o‘qishga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shu bilan bir qatorda, talabalar Global Campusda har qanday tanlangan mutaxassislik bo‘yicha Level 4/5ning istalgan dasturlari bo‘yicha o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

ATHE Level 3 Diploma in Business and Management uchun hamkor universitetlar

University of Central Lancashire (UCLan)
University of Derby
University of Lincoln

Middlesex University London
Southampton Solent University
Birmingham City University

Biz va’da beramiz

Atigi 3 tagina oddiy qadamlar bilan Angliyada o‘quv dasturlariga kirish kafolatlanadi!

1-qadam

Arizangizni topshiring va Foundation talabasiga aylaning, tirishqoqlik bilan o‘qing hamda dastur tugashiga qadar kerakli miqdordagi kreditlar bilan barcha modullarni o‘rganing.

2-qadam

Barcha tekshiruv sinovlari va bitiruv topshiriqlarini bajaring – Pathway sertifikati va o‘qishga kirish uchun barcha zarur universitet kreditlarini oling

3-qadam

Malakangiz uchun Top-up bo‘lgan tegishli mutaxassislik bo‘yicha Britaniya universitetini tanlang va Angliyadagi oliygoh talabasi bo‘ling!

“Ta’lim — bu dunyoni o‘zgartirish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan eng kuchli qurol” — Nelson Mandela

Dastur haqida

👩🏽‍🏫  DAVOMIYLIGI: 9 OY
👩🏽‍🏫  DARSLAR BOSHLANISHI: 2021 YIL FEVRAL
👩🏽‍🏫  KIRISH TALABLARI: IELTS 5.5 YOKI EKVALIVENT, ATTESTAT YOKI TUGALLANGAN O‘RTA MA’LUMOT HAQIDAGI DIPLOM, PASPORT NUSXASI
👩🏽‍🏫  O‘QITISH TURI: GLOBAL CAMPUS TA’LIM PLATFORMASIDA MASOFADAN, ONLAYN O‘QITISH
👩🏽‍🏫  SINOV GURUHIGA OLINADIGANLAR: 20 NAFAR TALABA
👩🏽‍🏫  O‘QISH NARXLARI: FAQAT BIRINCHI POTOK TALABALARI UCHUN $ 1690 (KEYINGI POTOKLAR $ 2200)

DASTUR NARXIGA QUYIDAGILAR KIRADI:

💼 ATHE Level 3 Diploma in Business and Management – to‘liq kurs va dastur materiallari
💼 Global Campusni tamomlaganlik haqidagi diplom, ATHE (Recognised Ofqual Qualification) akkreditatsiyalangan diplomi
💼 Оnlayn modullar va yozma ishlar
💼 Guruh kuratori va o‘qituvchilarining individual va guruhiy yordami (Skype/Zoom sessions)
💼 Talabalarga materialni o‘rganish va o‘zlashtirishda yordam berish
💼 Forum va onlayn platformaga kirish
💼 Baholar qo‘yish, yozma testlarni yakuniy tekshirish
💼 Dastur oxirida Angliyadagi universitetlarga hujjat topshirishda yordam ko‘rsatish

Nega Global Campus?

Britaniya akkreditatsiyasi

Global Campusning barcha dasturlari Britaniyaning ATHE hamda QUALIFI ta’lim komissiyalari tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan va O‘zbekistonda litsenziyalangan.

Kurs kuratorlarining yordami

Kurs kuratorlari va onlayn-o‘qituvchilarning talabalarga ko‘rsatadigan individual maxsus yordami bilan ta’lim cho‘qqilariga erishing.

O‘qishga kafolatli kirish

Kursni tanlang, o‘qing, yaxshi ballar va kreditlar oling. O‘qish ko‘rsatkichlari yaxshi bo‘lgan barcha talabalar Angliyadagi oliygohlarga o‘qishga kirishlari mumkin.

Bizning akkreditatsiyalarimiz

ATHE akkreditatsiyasi

Global Campusning barcha dasturlari masofadan turib amalga oshiriladi va Buyuk Britaniyaning har qanday universitetining darajasiga tengdir. Ta’lim dasturlarining sifati va o‘qitish darajasi ATHE (Awards for Training and Higher Education)ning rasmiy akkreditatsiyasi bilan kafolatlanadi. Akkreditatsiyamiz haqida batafsil bu yerda>>

Qualifi akkreditatsiyasi

ATHE akkreditatsiyasidan tashqari, barcha Global Campus dasturlari Britaniyaning QUILIFI ta’lim komissiyasi tomonidan (shu jumladan, Office of Qualifications and Examinations Regulation (Ofqual), Council for the Curriculum, Examinations and Assessment (CCEA) in Northern Ireland and Qualifications Wales (QW)) tomonidan akkreditatsiya qilingan. Akkreditatsiyamiz haqida batafsil bu yerda>>

“Ilmga sarmoya har doim eng katta foydani keltiradi” B. Franklin

Universitetga kirish (Pathways)

Angliyadagi universitetlarga kirish uchun Top-up dasturlar 0 + 3, 1 + 2, 2 + 1 va boshqa tamoyillar asosida ishlaydi, ular tegishli fan bo‘yicha malaka va kreditlar bo‘lishini talab etadi. Bu tanlagan o‘quv kursingiz avvalgi malakangiz (mutaxassisligingiz) bilan bevosita bog‘liq bo‘lishi kerakligini anglatadi.

Yanada ko‘proq ma’lumotlarga bugunoq ega bo‘ling!

Bizga xabar yozing yoki teskari qo‘ng‘iroqqa buyurtma qiling va biz tez fursatda siz bilan bog‘lanamiz!

Bizning uslub

Global Campus bakalavriat va magistratura dasturlarining keng tanlovini hamyonbop narxlarda taqdim etadi. Ta’lim jarayonini yanada qiziqarli qilish va iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida barcha o‘quv jarayonlari, materiallari hamda kontent zamonaviy ta’lim modellaridan foydalangan holda onlayn tarzda taqdim etiladi.

Top-up dasturi tugagandan so‘ng, siz so‘nggi o‘quv yillarini yakunlaydigan universitetning akademik darajasi beriladi. Hozirda biz Buyuk Britaniya universitetlari bilan hamkorlik qilmoqdamiz, ular bizning dasturlarimizni o‘rganish mobaynida olingan OFQUAL zachyot (sinov) birliklarini qabul qilmoqdalar.

Vaqtingizni va pulingizni behuda sarflamang – shu yilning o‘zidayoq Foundationni onlayn rejimida boshlang va 2021 yil sentyabr oyida Angliyadagi universitet talabasiga aylaning

Eng ko‘p beriladigan savollar

Dastur tugashi bilan Britaniya universitetiga o‘qishga qabul qilinishimga qanday kafolat bor? Global Campus sertifikati va ATHE (Recognised Ofqual Qualification) diplomining Angliyadagi universitetlarning birinchi yil dasturlariga o‘qishga kirish uchun Buyuk Britaniyaning Level 3 Foundation standartlariga to‘liq javob berishiga kafolat beramiz. O‘qishga kirish uchun talabalar berilib o‘qishlari, yozma topshiriqlar bo‘yicha yaxshi natijalarga ega bo‘lishlari va butun kurs uchun beriladigan 120 ta kreditdan (6 ta modul) har bir dars uchun maksimal miqdordagi kreditlarni to‘plashlari kerak.

Mashg‘ulotlar qanday o‘tadi? O‘qish to‘liq onlayn rejimida, Global Campus ta’lim platformasi orqali bo‘lib o‘tadi. Bizga yozma murojaat qilsangiz, sizga bepul sinov darsiga kirish imkoniyatini beramiz va masofadan turib o‘rganish qanchalik oson va yengil ekanligini bilib olasiz. Uyingizdan chiqmasdan, dunyoning istalgan joyidan o‘qishingiz mumkin. Sizga faqatgina internet va kompyuter kerak bo‘ladi.

O‘quv jarayonida talabalarga yordam beriladimi? Barcha talabalarga o‘quv jarayonida malakali yordam ko‘rsatiladi. Siz Zoom yoki Skype orqali 1 ga 1 mashg‘ulotlarini bron qilishingiz va guruh kollokviumlarida ishtirok etishingiz mumkin.

Dasturning modullari qanday? Dastur 6 ta o‘quv modulidan iborat:

Managing business operations
Maximising resources
The business environment
Managing people in organisations
Working in teams
Effective business communication

Dastur uchun qanday qilib to‘lov o‘tkazish mumkin? Dastur uchun to‘lovni dastur boshlanishidan kamida 10 kun oldin, Global Campus bilan shartnoma imzolaganingizdan so‘ng amalga oshirish kerak. Biz barcha turdagi to‘lovlarni qabul qilamiz.

Qo‘shimcha ma’lumot kerakmi?

Bizga xabar yozing yoki teskari qo‘ng‘iroqqa buyurtma bering, va biz tez orada siz bilan bog‘lanamiz!!

Ishonch telefoni: +998 71 2375555